Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi xodimi Twitter foydalanuvçilariga Yangi Zelandiyaning Kuinstaun şahriga samolyotning qönayotgani aks etgan videolavhani havola etdi.
Sandip Varmaning özi ham Boeing 787 Dreamliner sardori hisoblanadi. Lavhada havo laynerining toğ çöqqilari uzra uçayotgani, quyuq bulut orasidan ötgani va katta daryo ustidan uçganini köriş mumkin. "Uçuvçiga köringan, ammo yölovçilarga körinmaydigan narsa şu", — deb yozgan Varma izohida.
Uning ayrim öquvçilari yölovçilar uçuvçilarga nima körinişini bilmaganlari ma'qul, degan fikrlarni bildirişdi. Ayrimlari endi heç qaçon Yangi Zelandiyaga uçmasliklarini ta'kidlaşdi.
"Bu video men nima uçun heç qaçon Kuinstaunga bormasligimni izohlaydi", — deb yozgan Jigar Zaveri.
"Qörqinçli körinadi", — degan Niall Lyons.
Ayrim foydalanuvçilarning qayd etişiça, uşbu hududga parvozlar ançagina xavflidir.
"Men Yangi Zelandiyadagi Janubiy Alplar orqali uçib ötganman. Öşanda bu qadar sokin bölmagandi. U mening eng qörqinçli parvozim bölgan. Samolyot juda tez pasaygan, salondagi bolalar baqirar, yukxonalar oçilib, undan yuklar tuşib ketdi. Atrofda hammayoq toğdan iborat edi", — deb yozgan TheJudge.
Ammo, aksar köpçilik Yangi Zelandiya tabiatining gözalligini qayd etib, Kuinstaun joylaşgan Otago mintaqasiga boriş istagini bildirişdi.











