Startaplar öz faoliyatining birinçi bosqiçida u qadar oson bölmagan vazifani bajarişi - dunyoni öz mahsuloti bilan taniştirişiga töğri keladi, agar kompaniya yangi sohani boşlab berayotgan bölsa, u holda yöl-yölakay bozorni şakllantirişi ham kerak böladi. Boz ustiga, boşlanğiç loyihaning marketing byudjyeti "yöqdan biroz köproq". Biroq rivojlanişning asosiy kanallarini kiçik jamoa va katta moliyaviy xarajatlarsiz özlaştiriş ham mumkin, deyiladi Forbes'da.

 

Döstona bölişişni sörang

Byudjyet PR guruhlardagi döstona bölişiluvçi postlardan boşlanadi — döstlaringiz va tanişlaringizdan sizni qöllab-quvvatlaşni sörab, buning uçun ularga minnatdorçilik bildiring: foydalanuvçilar öz taassurotlari bilan bölişişadi va kimdir ularning havolasi orqali kirsa, buning uçun bonusga (odatda çegirmaga) ega bölişadi. Mazkur bosqiçda referal kanal 50 foizgaça mijozlarni yönaltirişi mumkin. Umuman olganda, ijtimoiy tarmoqlarda bir foydalanuvçini jalb qilişga mablağ sarflab, ikki va undan köp mijozni jalb qilasiz.

 

Xodimlarning kiriş yöli orqali kiring

Maqsadli auditoriya portretini aniqlab, mijozlarga ularning iş beruvçisi orqali çiqiş mumkin. Facebook'da içki kommunikatsiyalar bilan şuğullanuvçilar yoki kerakli kompaniyaning HR-xizmatini boşqaruvçilarni topiş qiyin emas. Loyihangiz ta'rifi keltirilgan, xodimlar uçun eksklyuziv çegirmalar, mas'ul şaxs uçun esa - bepul test taklif qilingan oddiy va qisqa xat yozing, xodimlar bazasi böylab jönatmalarni amalga oşirişni sörang. Nisbatan sodda usuli ham bor - çegirmali korporativ dasturlarning maxsus agregatorlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş. Masalan, Primezone bilan.

 

Tayyor mijozlar bazasini izlang

Köp kompaniyalarda katta mijozlar bazasi - banklar, suğurta kompaniyalari yoki tölov tizimlari böladi va ular köpinça bu ma'lumotlarning tijoriy ahamiyatini oşirişga qarşi çiqişmaydi. Ular sizning taklifingizni öz mijozlariga promokod bilan jönatişga tayyor bölişadi. Maxus belgilar aynan şu şerik orqali neça kişi mijozga aylanganini aniqlaş imkonini beradi va tabiiyki, mukofot hajmi ham şundan kelib çiqadi. Tölangan mablağlar "professional" bonusga ötadi: masalan, sizga suğurta kompaniyasidan kelgan kişiga xorijga çiquvçilar suğurtasini taklif qiliş mumkin.