Kollejda yoki universitetda öqiyotgan yoşlarimiz bilan ularning kelajakdagi rejalari haqida heç suhbat qurganmisiz? Öylaymanki, javobingiz — «Ha», eng kamida ana şunday rejalar quloğingizga çalingan. E'tibor bersangiz, ularning aksariyati çet elga borib öqiş, işlaş va kelajakda yetuk mutaxassis bölib qaytişni, mamlakat rivojiga öz hissasini qöşişni niyat qilişadi. Bunday insonlarning boriga şukr.

Avval iqtisod, keyin siyosat deganlaridek, tan oliş kerak, bu masalada ham moddiy manfaat muhim rol öynaydi, çunki odamlarimizda şunday fikr şakllanganki, çet elga çiqdimi, u odam qisqa fursatda katta mablağga ega böladi hamda yaşaş şaroitlari tubdan yaxşilanadi. 

Şu boisdan ham köp yillardan buyon fuqarolarimiz Rossiyaga serqatnov bölib qolişdi. Sönggi paytlarda esa Janubiy Koreya va arab mamlakatlari, xususan, Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA), Qatar kabi davlatlarga borib işlaş ommalaşdi. Rossiya va Janubiy Koreyadagi vaziyat, şaroitlar, iş va maoş qandayligi haqida har birimiz ozmi-köpmi fikrga egamiz. Arab mamlakatlari haqida esa har kim turli fikr bildirganligi tufayli bunday deya olmaymiz. Keling, hozir BAAdagi (xususan, Dubaydagi) öziga xos tajribamga tayangan holda bu yerdagi şaroit, muhojirlar uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib bersam.

Dubay… Dunyodagi eng baland bino, eng katta savdo markazi, dengiz sathidan eng balandda joylaşgan restoran, insoniyat tomonidan yaratilgan sun'iy orol, «yetti yulduzli» deya ataladigan yelkan şaklidagi eng maşhur mehmonxona kabilarni (röyxatni davom ettiriş mumkin) öz bağriga olgan şahar; köpçilik aytadiganday, bu alohida davlat emas, balki, BAAdagi yetti amirlikning biri.

Bu şaharda turizm öta rivojlangan, har qadamingizda haşamatli beş yulduzli mehmonxonalar, Michelin-Star’ga ega restoranlar, barlar, köngiloçar joylar, köz körib quvnaydigan yirik savdo markazlari va albatta, qişin-yozin çömiliş mumkin bölgan bepoyon dengiz bor… 

BAA islom madaniyati humkron ölka bölsa-da, poytaxt Abu-Dabi va Dubay yetarliça oçiq, zamonaviy, yevropalaşgan şaharlar. Biz tasavvur qiladigan kondura yoki abaya (arablarning milliy libosi) kiygan, beş mahal namozni kanda qilmaydigan, spirtli içimlik nima ekanligini bilmaydigan arablarning oçiq-soçiq kiyinişi, ayş-işratga berilganligini köriş tabiiy hol. Abu-Dabi Dubaydan farqli ravişda, özining milliyligini oz bölsa ham saqlab qolganiga qaramay, vaziyat deyarli bir xil. Amirliklardan faqatgina Şarja özining qat'iy qoidalari bilan ajralib turadi: bu yerda spirtli içimliklar sotilmaydi va iste'moli taqiqlanadi.

Bu davlatda rasmiy til arab tili, lekin aksariyat aholi ingliz tilida sözlaşadi. Bundan taşqari, hind, urdu va tagalog tillari keng tarqalgan. Xullas, ingliz tilida sözlaşa olsangiz, köçada qolmaysiz.