Astronomlar Yerga maksimal yaqin uçib ötadigan 2012 TS4 asteroidini kuzatişga intiqlik bilan tayyorlanmoqdalar. Koinot jismi sayyoramiz bilan 12 oktabrda yaqinlaşadi. Asteroid uni binokollarda körsa böladigan darajada ançagina yirikdir.

Asteroid Antarktika hududi ustidan Toşkent vaqti bilan soat 10.42larda uçib ötadi. Jism Yerdan bor-yöği 44880 km naridan uçib ötişi kutilmoqda. Koinot ölçovlariga köra bu juda kiçik qiymatdir. Taqqoslaş uçun, Yerdan Oygaça bölgan masofa 384403 km ni taşkil qiladi, Yer ekvatori esa 40 ming km dan biroz köproqdir.

"12 oktabrda Yer yonidan 44 km uzoqlikda 2012 TC4 asteroidi uçib ötadi. Bu masofa Oygaça bölgan masofaning öndan bir qismidan sal köproqni va ba'zi aloqa yöldoşlari orbitalaridan sal balandroqni taşkil qiladi", deb aytilgan NASA agentligi saytida.

Ta'kidlanişiça, asteroidning diametri turliça baholaşlarga köra 15 metrdan 30 metrgaçani taşkil qiladi. Avvalgi marta asteroid Yer yonidan 2012 yilda uçib ötgan. U öşa vaqtda sayyoramiz yonidan 94800 km naridan uçib ötgandi. 

NASA’ning ta'kidlaşiça, olimlar prognozlariga köra, fanga ma'lum bölgan birorta asteroid yaqin 100 yil içida Yer bilan töqnaşmasligi kerak.