Xitoyda yetti millionga yaqin qariyalar uçinçi yoş universitetlarida ta'lim olişmoqda. Sinxua agentligi Xitoy ta'lim vazirligi ma'lumotlariga asoslanib, ana şunday xabar tarqatdi.  

XXRda qariya fuqarolar uçun möljallangan uçinçi yoş universitetlari va şunga öxşaş boşqa öquv dargohlari oçilmoqda. XXR Davlat kengaşining 2016–2020 yillarda qariyalarning ta'lim olişini rivojlantiriş rejasiga köra 2020 yilga borib har bir şaharda kamida bitta uçinçi yoş universiteti oçilişi kerak.

Xitoyda ayni paytda uçinçi yoşdagilar uçun 60 mingdan ziyod universitet va boşqa ta'lim muassasalari faoliyat körsatmoqda.

Ta'kidlaş joizki, 2016 yil söngiga kelib, Xitoyda 60 yoşdan oşgan 230 million kişi röyxatga olingan. 2020 yilga borib esa Xitoy aholisi 1,42 milliard kişiga yetişi kutilmoqda.