Jahon iqtisodiyoti boşdan ötkazayotgan ayni paytdagi bexavotir davrlar uzoq muddatli risklar, çunonçi G20 davlatlarining 135 trillion dollarlik qarz yukini maskirovka qilmoqda, deb ogohlantirgan Xalqaro valyuta jamğarmasi. Bu haqda Financial Times naşri yozgan.
Naşrning eslatişiça, jamğarma kelgusi yillarda jahon iqtisodiyotining ösişiga doir öz prognozlarini yangilagan. XVJdagilarning qayd etişlariça, ijobiy sifatli iqtisodiy şaroitlar turli risklarga nisbatan iştaha hosil qiladi. Lekin bu omil 2008 yilgi inqirozdan söng markaziy banklarning siyosati bilan yangi umumbaşariy inqiroz uçun asos tayyorlamoqda.
«Garçi vaziyat osoyişta tuyulsa-da, qaltislik sekin-asta rivojlanmoqda va e'tiborsiz qoldirilmoqda. Bu umumbaşariy iqtisodiy tiklanişning çayqalişiga sabab bölişi mumkin», — degan XVJning moliyaviy barqarorlik böyiça nazoratçisi Tobias Adrian.
Uning qöşimça qilişiça, yaxşi davrlar öziga bölgan moliyaviy işonçning ösişiga xizmat qiladi va bebiliska xarajatlarning tarqalişiga yaxşi ta'sir körsatadi.
XVJning «Umumbaşariy moliyaviy barqarorlik» deb ataluvçi hisobotida agar işlar şu yönalişda davom etadigan bölsa, jahon yangi moliyaviy inqirozga duçor bölişi, uning natijasida aksiyalarning bahosi 15 foizga, içki narxlar 9 foizga pasayişi, umumbaşariy YaIM 1,7 foizga qisqarişi mumkin.
Bunday inqiroz jahon 2008 yilda mubtalo bölgan inqirozdan uç barobar kuçsizroq böladi. Lekin XVJning ta'kidlaşiça, baribir keng miqyos va sezilarli darajada yuz beradi..
Eslatib ötamiz, XVJ hisobotida Özbekistonda valyuta inflyatsiyasi 2017 yil söngiga qadar 13 foizgaça ösib borişini ta'kidlagan. 2018 yil pul-kredit siyosatida valyuta inflyatsiyasi 12,7 foiz bölişi taxmin qilinmoqda. Özbekistonda YaIM yillik ösiş darajasi 2017-2018 yillardagi davr uçun 6 foiz bölişi taxminlangan.












