Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktabrdagi qarori bilan içki işlar organlarining patrul-post xizmati bölinmalari tomonidan fuqarolar gavjum böladigan joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta'minlaş borasidagi xizmatlarni şartnomaviy-huquqiy asosda amalga oşiriş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Qayd etilişiça, bozorlar, yirik savdo, köngiloçar, dam oliş majmualari va markazlari hamda fuqarolar gavjum böladigan boşqa joylarda jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta'minlaş borasidagi tadbirlar şartnomaviy-huquqiy asosda içki işlar organlarining patrul-post xizmati bölinmalari tomonidan mazkur joylarda faoliyat körsatuvçi yuridik şaxslar bilan tuziladigan şartnomalarga muvofiq pullik asosda amalga oşiriladi.
Jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini ta'minlaş xizmatlari körsatiş töğrisida şartnoma tuziş uçun yuridik şaxs tuman (şahar) içki işlar boşqarmasi (bölimi)ga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada yuridik şaxsning nomi va taşkiliy-huquqiy şakli, fuqarolar gavjum böladigan joyning nomi, manzili, bino va inşootlar hamda atrofidagi hududning sxemasi ilova qilingan holda körsatiladi.
Şartnoma tuziş töğrisidagi ariza tuman (şahar) içki işlar boşqarmasining (bölimining) jamoat tartibini saqlaş böyiça (bölinmasi, guruhi) tomonidan ariza kelib tuşgan kundan boşlab ön iş kuni içida körib çiqiladi. Arizani körib çiqişda tuman (şahar) içki işlar boşqarmasining (bölimining) jamoat tartibini saqlaş böyiça (bölinmasi, guruhi) yuridik şaxs bilan birgalikda fuqarolar gavjum böladigan joy közdan keçiriladi. Joyni közdan keçiriş natijasi böyiça dalolatnoma tuzilib, unda obekt hududining çegarasi, PPX bölinmasi şaxsiy tarkibining talab etiladigan soni, xizmat xonalari, post va marşrutlarning joylaşuvi, javobgarlik hududi, PPX bölinmasi xodimlarining xizmat olib boriş vaqti hamda tartiblari belgilanadi. Közdan keçiriş dalolatnomasi va şartnoma loyihasi tegişli ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, viloyatlar içki işlar boşqarmalari hamda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasiga yuboriladi.
Yuklangan vazifalarni bajariş uçun PPX bölinmasi şaxsiy tarkibining soni, post va patrul yönalişlarining joylaşuvi, şuningdek xizmatni ötaş qoidalari Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, viloyatlar içki işlar boşqarmalari yoki Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasining Patrul- post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi közdan keçiriş dalolatnomasi va şartnoma loyihasini körib çiqiş yakunlari böyiça ularni beş iş kunidan keçiktirmagan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, viloyatlar içki işlar boşqarmalari yoki Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi rahbariyatiga taqdim etadi.












