Sidars-Sinay Kardiologiya institutida ötkazilgan yangi tadqiqot qonida kalsiy miqdori kam bölgan odamlar tösatdan yurak töxtaşiga köproq moyil bölişini körsatdi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida ma'lum qildi. 

Mutaxassislar yurak töxtaşini boşdan ötkazgan 267 kişi va bunday holatga duç kelmagan 445 nafar köngillining ma'lumotlarini tahlil qilib çiqişdi.

Tadqiqotçilarning ma'lum qilişiça, tösatdan yurak töxtaşini boşdan ötkazgan iştirokçilarning qon zardobidagi kalsiy miqdori me'yordan past bölgan.

Qon zardobida kalsiy miqdori eng kam bölgan kişilarning yurak töxtaş ehtimoli qonida kalsiy yetarliça bölgan köngillilarning yurak töxtaş ehtimoliga nisbatan ikki karra yuqori bölgan. 

Kaltsiyning qondagi miqdori bir detsilitrga 8,95 milligrammdan pasayganda tösatdan yurak töxtaş xavfi oşadi. Şuningdek olimlar yurak töxtaşini boşdan ötkazgan kişilarning köp holatlarda diabet va surunkali buyrak kasalliklaridan ham aziyat çekkannini aniqlaşdi. 

Tadqiqotçilar natijalarga ta'sir qilişi mumkin bölgan omillarni hisobga olib qöyişdi. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, bu boradagi izlanişlarni davom ettiriş zarur.