«KAMAZ» zavodi Özbekistondagi UzAuto Trailer kompaniyasiga şassi yetkazib berişi böyiça şartnoma imzolandi. Mazkur kelişuv Özbekiston Respublikasi delegatsiyasining Tataristonga taşrifi davomida amalga oşdi, deb xabar beradi rus mahalliy naşrlari.
Tataristondagi avtozavodga taşrif buyurgan mehmonlarga old kabina qismni yiğiş va asosiy konveyerdagi iş jarayonlari körsatib berilgan. Şuningdek, «KAMAZ» ilmiy markazidagi maxsus maydonçada texnik vositalarning bir neçtasida test-drayv sinovlari ötkazildi.
Zavod ma'muriyatining aytişiça, yetkazib berilişi nazarda tutilgan şassilar va şartnomaning boşqa bandlari keyinroq ommaga taniştiriladi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasidagi turli tarmoqlarda işlatiladigan maxsus texnik vositalarga örnatilgan holda foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.











