Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Kamaz” yuk maşinasi yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 9 iyul kuni sodir bölgan.
Şu kuni soat 22:08 da M-39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining Mirzaobod tumani “Oqoltin” MFY hududidan ötuvçi qismida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk maşinasida yonğin sodir bölgan.
Oqibatda, yuk maşinasining salon qismi, 4 ta balloni hamda kuzovi qisman yongan. Körilgan tezkor çoralar natijasida yonğin soat 22:36 da öçirilgan. Hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan.
“Barça haydovçilardan, avtomaşinalarini öz vaqtida texnik körikdan ötkazişlarini va yöl-harakati qoidalariga rioya qilişlarini sörab qolamiz”, deyiladi xabarda.

















