Sönggi vaqtlarda Qozoğiston Respublikasi transport qonunçiligining qirğizistonlik taşuvçilar tomonidan buzilişi tez-tez uçramoqda, deya xabar bergan Qozoğiston Respublikasi Sarmoyalar va rivojlaniş vazirligi matbuot xizmati.
Şunday qilib, Qirğiziston Respublikasining taşuvçilariga tegişli bölgan va sönggi 2 kunda tekşirilgan 212 ta avtomobildan 35 tasida qöpol qoidabuzarliklar aniqlangan.
Xususan, yuk hajmi parametrlariga amal qilmaslik böyiça – 11, kabotaj taşuvlar – 4, Qozoğistonning ruxsat beriş blankasi yöqligi - 4 va boşqa qoidabuzarliklar – 13 holatda foş qilingan.
Yuqorida körsatilgan qoidabuzarliklar uçun jami 4 ming AQŞ dollaridan ortiq ma'muriy jarima qöllanildi.
Şu bilan birga, yölovçilarni olib ötişga ruxsati yöqligi sababli, 4ta yölovçi avtobusi jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar töğrisidagi ma'lumot Qirğiziston Respublikasiga topşirilgan.













