Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining «Lombardlar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi Nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasi Markaziy banki töğrisida»gi, «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi qonunlari va Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-son «Respublika bank tizimini yanada rivojlantiriş va barqarorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi Qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi qaror qildi:
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining 2003 yil 22 sentabrdagi 23/3-son qarori bilan tasdiqlangan lombardlar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuçga kirdi.
Nizomga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, 8-bandda tegişli taşkiliy-huquqiy şakl uçun qonunçilik bilan belgilangan miqdor 500 mln. söm etib özgardi.
Şuningdek, amaldagi lombardlar 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav fondining minimal hajmini Ilovaning 8-bandiga muvofiq örnatilgan minimal talablarga yetkaziş böyiça çora-tadbirlarni körişlari şart.











