Kanadalik Den Naystedt Şimoliy Ontario kölida losning böri bilan olişuvini tasvirga olişga muvaffaq böldi. 6 daqiqalik video DJI Phantom 4 Pro droni yordamida suratga olingan.

Böri losdan ölçami kiçik bölişiga qaramay, qöqqisdan örmondan çiqib sayozlikda turgan losga hujum qilib qolgan. Dastlab los böridan himoyalanib, unga tuyoqlari bilan zarba berişga urinadi. Şunday lahzalardan birida böri losning oyoğiga xippa yopişib oladi va uni qöyib yuborişni istamaydi. Los xarçand urinmasin, böri uni qöyib yubormaydi. 2 daqiqaçadan keyin los oxir-oqibat börining jağlari orasidan çiqişga muvaffaq böladi va qirğoq böylab qoça boşlaydi. Böri öljani qöyib yuborişni istamay, uning ortidan ança vaqt suzib borgan.  

Natijada los köl içiga ança içkarilab ketgaç, losni ta'qib qilişdan horgan böri ortga qaytişga qaror qilgan. Rolik söngida temir yöl izlarida turib nasib qilmagan öljasi ortidan kuzatib turgan ikkita böri tasvirlangan.