Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi sammitining tor doiradagi uçraşuvi yakunlandi. Davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirmoqda. Bu haqda ÖzA xabar berdi.

Majlisda Hamdöstlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillaştiriş masalasi muhokama qilinişi belgilangan. MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an'anaviy oilaviy qadriyatlarni qöllab-quvvatlaş böyiça bayonoti, Hamdöstlikda 2019 yilni Kitob yili, 2020 yilni 1941-1945 yillardagi uluğ Vatan uruşida qozonilgan ğalabaning 75 yilligi yili, deb e'lon qiliş haqida qaror, şuningdek, Hamdöstlik mamlakatlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan boşqa hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvida Hamdöstlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi, 2018 yilda MDHga raislik qiladigan mamlakat masalasi körib çiqilib, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşildi.