Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlarining Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan birgalikda ötkazgan maxsus tadbirida, kuçli ta'sir körsatuvçi, dorixonalarda retseptlarsiz berilişi taqiqlangan dori vositalarini sotiş bilan şuğullangan şaxslar guruhining faoliyatiga çek qöyildi. Farğona viloyatida tuğilganlar, avval sudlangan Zohid Masodiqov, uning onasi, tört marta sudlangan Orzu Masodiqova va ularning şerigi Baxtiyor Ahmedov 1208 ta «lirika» va 1000 ta «tramadol» tabletkalarini 14 mln. sömga sotayotgan vaqtlarida jinoyat ustida qölga olindilar.
Dastlabki tergov davomida aniqlanişiça, Zohid Masodiqov va Orzu Masodiqova uşbu dori vositalarni Baxtiyor Ahmedovdan ularni noqonuniy qayta sotiş maqsadida sotib olganlar. Şu bilan birga, Baxtiyor Ahmedovning özi tergovçilarni adaştirişga harakat qilib, yaqinda Qöqondan kelgani hamda bu dorilarni Zohid Masodiqovning iltimosiga köra, Toşkentda yaşovçi Temur ismli şaxsdan sotib olganini aytgan. Biroq, tadbir davomida Ahmedov Toşkentda uzoq vaqtdan beri yaşab kelgani hamda poytaxtga kuçli ta'sirga ega dorilarni yetkazib beruvçilardan biri ekanligi aniqlandi. Mirobod tumanidagi uning yaşaş joyi közdan keçirilganda, yana 4 mingta «lirika», 43 ta «tramadol» tabletkasi, şuningdek, noqonuniy yöl bilan işlab topilgan 96,9 mln. söm hamda ikkita «qora buxgalteriya» daftari topildi.
Maxsus tadbir davomida umumiy hisobda 5208 ta «lirika» va 1043 ta «tramadol» tabletkasi olib qöyildi. Ularning taxminiy qiymati 80,2 mln. sömdan oşadi. Söroq davomida Baxtiyor Ahmedov ularni Özbekiston hududiga olib kirişga ruxsat beradigan preparatlarni oliş uçun sertifikatlar va boşqa hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Uşbu holat böyiça Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Şayxontohur tuman bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 251-moddalari bilan jinoiy iş qözğatildi.











