Oculus kompaniyasi Oculus Go virtual reallik şlemini namoyiş etdi. Uni Oculus Connect anjumanida Facebook rahbari Mark Tsukerberg taqdim qildi.

Oculus Go telefon yoki kompyuterga ulanmasdan işlaydi. U kelasi yil boşida savdoga çiqariladi va 199 dollardan sotiladi. Qurilma içki örnatilgan audiotizim va 2560 ga 1440 pikselli ekran bilan jihozlangan. Oculus Go şlemining boşqa tavsiflari oşkor qilinmagan. 

Mark Tsukerberg şlemni namoyiş etar ekan, Oculus kompaniyasining navbatdagi maqsadi — VR mahsulotlaridan foydalanayotganlar sonini 1 mlrdga yetkazişdir. Yangi Oculus Go esa, uning sözlariga köra, şu maqsadga yetişişda yordam beradi. 

Oculus kompaniyasi yangi mahsulotini taqdim etişi barobarida özining eng talabgir modeli Oculus Rift narxini tuşirdi. Endilikda Oculus Rift 599 emas, 399 dollar turadi.

Foto: Oculus Go

Oculus Connect anjumanida Santa Cruz şlemi ham namoyiş etildi. Qurilma 2018 yil noyabr oyida işlab çiqaruvçilarga yuboriladi. Santa Cruz tavsiyalari umuman oşkor qilinmayapti. 

Oculus kompaniyasi 2014 yildan Facebook kompaniyasiga tegişli.