Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari örtasida iqtisodiy faollikning tiklanganini ta'kidlab ötdi. Uning aytişiça, Hamdöstlik davlatlari örtasidagi tovar aylanmasi hajmi 25 foizga ösib, 75 mlrd dollarga yetgan. Putin bu haqda MDH davlatlari rahbarlari kengaşi yiğilişida aytib ötdi.
Putinning fikriça, MDH davlatlari örtasida tovar aylanmasining yanada barqaror ösişini ta'minlaş uçun erkin savdo rejimini takomillaştiriş, tovarlar harakati yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş, bojxona tartibotlarini soddalaştiriş lozim.
Putinning aytişiça, MDHda yillarning nomlanişi amaliyoti davom ettiriladi. Jumladan, 2018 yil MDHda "Oila yili", 2019 yil "Kitob yili" va 2020 yil Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligi yili deb e'lon qilinadi.
Putin öz nutqi oxirida 2018 yilda MDHda raislik qiluvçi Tojikiston rahbariyatiga omad tilab qoldi va bunda har tomonlama kömak körsatişga va'da berdi.












