Tojikistonning Mustaqil Davlatlar Hamdöstligidagi raisligi davrida terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş, şuningdek, energiya tejamkor texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Soçida bölib ötgan MDH davlat rahbarlari kengaşining majlisida ma'lum qildi.

Tojikiston birlaşmada 2018 yilda rahbarlik qiladi.

«Energetika sohasida energiya tejaydigan texnologiyalarni rivojlantiriş sohasida hamkorlikni kuçaytiriş, MDH mamlakatlarining energetika tizimini parallel ravişda qayta tiklaş böyiça sa'y-harakatlarni faollaştiriş ustuvor vazifa bölib qoladi. Şu bilan birga biz qayta tiklanadigan energiya manbalarini özlaştirişda hamkorlikni rivojlantirişga intilamiz», - dedi Rahmon.

Uning qöşimça qilişiça, transport sohasida 2025 yilgaça hamkorlik rejalarini amalga oşirişga alohida e'tibor qaratiladi.

Bundan taşqari, uning sözlariga köra, mamlakatlar terrorizmga qarşi kuraş doirasida işlarni davom ettirişadi, deya xabar beradi TR rahbari matbuot xizmati.

«Biz Hamdöstlik doirasida qabul qilingan qaror va dasturiy hujjatlarni global tahdidlar va çaqiriqlar bilan kuraşda amalga oşirişni har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz», - dedi u.