Rossiya​ Boş vaziri Dmitriy Medvedev Jazoirga taşrif buyurib, kelgusi rejadagi energetik va savdo sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama etişi rejalaştirilgan. Medvedevning Jazoir APS axborot agentligiga bergan intervyusida «uşbu uçraşuv özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirişga xizmat» qilişini ta'kidlagan. 

Muhokamada kötarilgan masalalar qisman yadro energetikasi, agro sanoat kompleksi, foydali yerosti zaxiralarni qazib çiqariş, yuqori texnologik yeçimlar va fazoni örganişga oid mavzular, quriliş va farmatsevtika sohalariga tegişli ekani alohida diqqatga sazovor.

Le Point naşrining yozişiça, Rossiya hukumat rahbari 2014 yil imzolangan yadro energetikasiga oid şartnomalarni faollaştirişni istamoqda. Sönggi paytlarda AQŞ, Yevropa hamjamiyati Rossiya qişloq xöjaligining kelajagiga xavf solib turişi Jazoirda erişilajak yangi bitimlar bilan qoplanmoqda. Negaki, bu bilan arzon va sifatli qişloq xöjaligi mahsulotlari Jazoirdan ham import qilinişi mumkinligini anglatadi. Jarayonlarni kuzatib turib, Rossiyaning Mağrib diyoriga qaytib kelişini işonç bilan tasdiqlasa böladimi, degan gumon paydo böladi.

Masalaning boşqa tomonida esa Saudiya podşohining Moskvaga taşrifi turibdi. Garçi Abdul-Aziz Ol Saud bundan avval ham Ar-Riyod şahrining hokimi sifatida Moskvaga taşrif buyurgan bölsa ham, undan avval heç qaysi Saudiya podşohlari Rossiyaga, sobiq SSSR davlatiga ham rasman kelmagan. Aynan mana şunday tarixiy uçraşuvda Abdul-Aziz Ol Saudning «Rossiya bilan özaro munosabatlarni rivojlantiriş manfaatdor» ekanini bildirişi juda köp savollarni keltirib çiqarmoqda.

«Kamtarona» qilib aytganda, ikki davlat rahbarlari umumiy hisobda 3 milliard dollarga teng şartnomalar töplamini imzolagan. Ular orasida Kalaşnikov qurollarini yiğib tayyorlaş böyiça Saudiyaga maxsus litsenziyaning taqdim etilgani va Aramco neft-gaz kompaniyasining «Rosneft»​ bilan hamkorlik qilişga tayyor ekanligi qiziqarli hodisa böldi.