AQŞning SpaceX kompaniyasi ikkilamçi maqsaddagi SES-11/EchoStar 105 telekommunikatsion sun'iy yöldoşiga ega Falcon 9 raketa-taşuvçisini uçirdi. Bu haqda kompaniya Twitter’da xabar bergan.

Falcon 9 raketa-taşuvçisi Kanaveral burunidagi kosmodromdan uçirildi. Parvozga çiqqanidan söng ajratgan birinçi poğona suzuvçi platformaga xavfsiz tarzda tuşgan. Uşbu poğona şu yilning fevral oyida XKSga start olgan fazoviy yuk kemasini işga tuşiriş çoğida kompaniya tomonidan foydalanilgan.

Raketaning uçirilişi va birinçi poğonaning qönişi SpaceX tomonidan jonli efirda translyatsiya qilingan. Boşlovçining ta'kidlaşiça, birinçi poğonaning muvaffaqiyatli qönişi hisob böyiça 18-bölgan.

Yangi sun'iy yöldoş AQŞning EchoStar va Lyuksemburgning SES operatorlari tomonidan işlatiladi hamda Şimoliy Amerika, Havayi va Karib mintaqalari hamda Meksikani televizor signallar va aloqa bilan ta'minlaydi.