11 oktabrda Özbekistonda Tojikiston milliy mahsulotlarining ilk körgazmasi oçildi. Körgazma Toşkentdagi "Özekspomarkaz" körgazmalar markazida ötmoqda. Körgazma doirasida Özbekiston-Tojikiston biznes-forumi bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston tomondan Taşqi savdo vazirligi va Savdo-Sanoat palatasi, Tojikiston tomondan esa Investitsiyalar va davlat mulkini boşqariş davlat qömitasi, Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi taşkilotçiligida ötdi.
Forumda Özbekiston va Tojikistonning turli viloyatlaridan neft-gaz, sanoat, quriliş industriyasi, transport, foydali qazilmalar oliş, agrosanoat, farmakologiya, yengil sanoat, soğliqni saqlaş, ta'lim, fan-texnika, turizm va boşqa sohalarda maşğul bölgan 500 ga yaqin korxona va kompaniya iştirok etdi.
Forum doirasida 20 dan köproq şartnoma va 6 ta memorandum, jumladan Özbekiston va Tojikiston savdo-sanoat palatalari örtasida Işçi kengaş yaratiş memorandumi imzolandi.
Taşkil etilgan tadbirlardan maqsad ikki davlat tadbirkorlari örtasida savdo aloqalarini yölga qöyiş va kengaytiriş, yangi korxonalar miqdori ösişiga kömak beriş va ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini oşirişdan iborat.
2016 yil natijalariga köra ikki davlat örtasidagi tovar aylanmasi 197 mln, joriy yilning dastlabki 9 oyiga köra esa 178,2 mln dollarni taşkil qildi.
Özbekistonda Tojikiston sarmoyasi iştirokida 24 ta korxona faoliyat yuritadi. Öz navbatida, Tojikistonda Özbekiston rezidentlari iştirokida yaratilgan 9 ta korxona iş olib boradi.
Özbekistonda 11-13 oktabr kunlari Tojikistonning Özbekistondagi madaniyat kunlariga bağişlangan tadbirlar bölib ötmoqda. Bu tadbir doirasida "Zamonaviy Tojikiston" fotokörgazmasi, Tojikiston haqidagi kitoblar taqdimoti, Tojikistonda yaratilgan badiiy filmlar namoyişi va Tojikiston san'at va madaniyat namoyandalari konserti ötmoqda.












