2017 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksining reytingida Özbekiston nisbatan erkin bölmagan iqtisodiyotga ega bölgan davlatlar röyxatiga kiritilgan. Bu AQŞning The Heritage Foundation tadqiqot markazi saytida naşr etilgan reyting ma'lumotnomasida keltirilgan.
Şuningdek, nisbatan erkin bölmagan iqtisodiyotga ega davlatlar orasidan Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston va Belarus ham joy olgan.
Qirğiziston (61,1 ball) va Qozoğiston (69 ball) esa nisbatan erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar röyxatidan joy oldi. Reytingning bu qismida Yaponiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Fransiya ham bor.
Erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar esa quyidagilar:
- Hongkong (89,8 ball),
- Singapur (88,6 ball),
- Yangi Zelandiya (83,7 ball),
- Şveytsariya (81,5 ball),
- Avstraliya (81 ball).
Index of Economic Freedom (Iqtisodiy erkinlik indeksi) - bu dunyo davlatlaridagi iqtisodiy erkinlik darajasini baholovçi umumiy reytingdir. Röyxat The Heritage Foundation tadqiqot markazi va The Wall Street Journal gazetasi bilan birgalikda tuziladi.











