Asqar Tolibjonov boşqa işga ötgani munosabati bilan Özbekiston Futbol Federatsiyasining tarkibiy tuzilmasiga kiruvçi futbol böyiça sport mahoratini oşiriş Respublika oliy maktabining direktori örinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmati xabar bergan.

Bungaça Asqar Tolibjonov ÖFFda vitse-prezident va birmunça avval tugatilgan Terma jamoalar markazida direktor vazifasida işlab kelgan edi. ÖFFning hisobot-saylov konferensiyasidan keyin esa sport mahoratini oşiriş oliy maktabining direktori örinbosari lavozimini egallab turgan edi. 

Hozirda maktab direktori örinbosari lavozimiga yangi nomzodlar körib çiqilmoqda.

Şu bilan bir vaqtda futbol böyiça sport mahoratini oşiriş Respublika oliy maktabining rahbariyatida ham özgarişlar amalga oşirildi. Şu paytgaça maktab direktori bölib işlab kelgan Anatoliy Klimovning örniga Farhod Ortiqov tayinlandi. Ortiqov bungaça Özbekiston davlat jismoniya tarbiya institutida turli lavozimlarda işlab kelgan.