Adliya vazirligida Özbekiston Respublikasi adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi elçisi Kristofer Allan örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Adliya vaziri Buyuk Britaniyani Özbekistonning Yevropadagi muhim hamkorlaridan biri ekanligini va ikki tomonlama döstona munosabatlar yildan-yilga kuçayib borayotganligini ta'kidladi. Şuningdek, vazir elçini Adliya vazirligining asosiy faoliyat yönalişlari bilan taniştirib ötdi.
Öz navbatida, elçi Kristofer Allan Ruslanbek Davletovga uşbu uçraşuvni taşkil etgani uçun öz minnatdorçiligini bildirdi va mamlakatlar örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada rivojlanib boraverişiga umid bildirdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya örtasidagi huquqiy sohadagi hamkorlikning turli jihatlari muhokama qilindi.











