Davavianazorat boşliğining buyruği (2017 yil 10 oktabr) bilan “Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini beriş va aviatsiya xodimlarining turlari” Özbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalariga (ÖzR AQ-61) qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Endi guvohnomalar aerostat uçuvçilariga ham beriladi. U Davavianazorat tomonidan tasdiqlangan dasturlar böyiça uçiş öquv yurtlarida aerostat uçuvçisi sifatida töliq öquv kursini tamomlagan şaxslarga beriladi. Nomzod 17 yoşdan kiçik bölmasligi va amaldagi tibbiy xulosaga ega bölişi kerak.
 
Aerostat uçuvçisi guvohnomasi umumiy namunada 1-sahifasida «Aerostat uçuvçisi» yozuvi bilan beriladi. Uning amal qiliş muddati – 2 yil, biroq uni quyidagi asoslar bilan uzaytiriş mumkin:

•  uçiş işiga qöyiş töğrisida TUEKning tibbiy xulosasi;
•  oxirgi 2 yil içida uçganligini tasdiqlovçi hujjat;
•  2 nusxada rasmiylaştirilgan taqdimnoma.
 
Buning uçun 28 ta fan böyiça imtihon ham topşiriladi, ularning har biri böyiça 4 dan past bölmagan baho oliş kerak. Hujjat bilan aerostat uçuvçilarining bilimlari va mahoratiga talablar tasdiqlandi.
 
Uçiş texnikasini Davavianazoratning Oliy malaka komissiyasi (OMK) inspektorlari yoki uning raisi (örinbosari) ruxsatnomasiga binoan fuqaro aviatsiyasi ekspluatantlarining malaka komissiyasi inspektor-uçuvçilari tekşiradi. Uçiş texnikasini kamida tört bahoga topşiriş kerak.
 
Agar yarim yil mobaynida aerostat uçuvçisi 4 ta uçiriş va kötarilişni bajarmagan bölsa, u guvohnoma egasi huquqlaridan foydalana olmaydi.
 
Hujjat 11.10.2017 yildan kuçga kirdi.