AQŞ YuNeSKOni uşbu taşkilotdan çiqişi haqida xabardor etdi, deya ma'lum qilgan Davlat departamenti.
"Bu qarorni qabul qiliş oson keçmadi. U AQŞning YuNeSKOdagi a'zolik tölovlari böyiça qarzdorligi oşib borayotgani, taşkilotni fundamental isloh qiliş zarurligi va YuNeSKOdagi Isroilga qarşi kayfiyat saqlanib qolayotgani bilan boğliq taşvişlarni aks ettiradi", - deyiladi Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauertning bayonotida.
Qaror 2018 yilning 31 dekabr kuni kuçga kiradi. Biroq Vaşington taşkilotda kuzatuvçi maqomida qoladi.
YuNeSKO rahbari Irina Bokova Vaşingtonning bunday qaroridan afsusda ekanini bildirdi. Uning eslatişiça, 2011 yilda, Vaşingtonning taşkilotdagi moliyaviy iştiroki töxtatilgaç, u “YuNeSKO AQŞga heç qaçon juda ham kerak bölmagani, hamda AQŞ ham taşkilot uçun heç qaçon muhim örin tutmagani” haqida gapirgan.
"Bu haqiqat bugun yanada aniqroq körindi. Ekstremizm va terrorizmning ösişi esa tinçlik hamda erkinlik uçun, irqçilik va antisemitizm bilan kuraş şaroitida uzoq muddatli yangi qarorlarni talab qilmoqda", - deya ta'kidlab ötdi u.
YuNeSKO – BMTning ta'lim, ilm-fan va madaniyat masalalari uçun javob beruvçi ixtisoslaştirilgan muassasasi bölib, 1945 yilda taşkil etilgan. Uning boş qarorgohi Parijda joylaşgan. YuNeSKO tarkibiga qariyb 200 davlat kiradi.












