Iş joyingizda tuşlik yoki şunçaki tanaffusdan keyin ham özingizni çarçagan va besamar his qilsangiz, bilingki, vaqtdan notöğri foydalangansiz. "Layfxaker" iş vaqtidagi tanaffuslarni foydali tomonga yönaltiriş borasidagi tavsiyalari bilan bölişdi.

1. Har 52 daqiqada tanaffus qiling

Biz köpinça işçanligimizni susaytiruvçi odatlarimiz bilan kuraşişga majbur bölamiz. Masalan, köpinça işlaş örniga ijtimoiy tarmoqlarni varaqlaş istagi bilan kuraşamiz. Buning uçun kuni böyi diqqatni bölmay, irodani çarxlaş kerak. Samarali iş uçun esa yaxşi hordiq kerak.

Taym-menejment texniklari, masalan, Pomodoro iş vaqtini faol iş va tanaffuslarga ajratadi. Bunday tanaffuslar işdagi samaradorlikni haqiqatda oşiradi. Biroq ular orasida qança vaqt ötişi lozim?

Pomodoro texnikasiga köra, 25 daqiqalik işdan keyin 5 daqiqalik tanaffus qiliş kerak, mana şunday yondaşuvdan törttasi ötgandan keyin esa, nisbatan uzoqroq tanaffus oliş kerak.

DeskTime internet servisi yaratuvçilari köplab tadqiqotlar yöli bilan mutlaqo boşqa raqamlarni keltirişdi. Ular eng samarali işçilar öz vaqtini quyidagiça taqsimlaşini aniqlaşdi: 52 daqiqa diqqatni bir joyga jamlab işlaş, keyin esa 17 daqiqa tanaffus qiliş kerak.

Mazkur texnikaning samarasi bir neça sabab bilan izohlanadi:

  • Tez orada tanaffus bölişini bilib, yanada diqqatni jamlab, maqsad sari harakat qilasiz;
  • 52 daqiqadan keyin ham jon-jahdingiz bilan işlaşda davom etsangiz, işçanlik qobiliyatingiz yöqolişi mumkin;
  • Bir joyda sakkiz soat ötiriş soğliq uçun zarardir. Iş kuni davomida muntazam jismoniy faollik ham soğliqqa, ham diqqatni jamlaş xususiyatiga ijobiy ta'sir qiladi.

2. Çalğib turing

Tadqiqotlarga köra, bor kuçimiz bilan diqqatimizni jamlaşga urinib, heç qanday foyda olmaymiz. Illinoys universitetining psixologiya fanlari professori Alexandro Leras doimiy ravişda muayyan bir fikr atrofida diqqatni jamlaş miyaning uni qabul qilmay qöyişiga olib kelişini aniqladi.

Tinimsiz muammoni hal qilişga uriniş örniga vaqti-vaqti bilan bu fikrlardan çalğib turiş kerak. Diqqatingizni boşqa bir narsa bilan çalğitişga harakat qiling. Bunday tanaffus vaqtida işdan butunlay çalğiş uçun bir neça vazifani bajargan ma'qul. Şundan söng muammo yeçimiga yangi kuç bilan qaytasiz.