Qirğiziston Respublikasida yuzaga kelgan tabiiy-iqlim şaroitlari tufayli Qozoğiston hukumati qöşni davlatga insonparvarlik yordamini körsatişga qaror qildi, bu haqda Qozoğiston hukumatining 2017 yil 9 oktabrdagi «Qirğiziston Respublikasiga rasmiy insonparvarlik yordami körsatiş töğrisida»gi 632-sonli qarorida aytiladi.

Hujjat matniga köra, Qirğizistonga rasmiy insonparvarlik yordamini körsatiş uçun davlat moddiy zaxirasidan moddiy boyliklarni ajratiş vazifasi topşirildi. Insonparvarlik yordami röyxatidan taxtalar, metalloprokat va yoğoç ustunlari joy olgan.

«Qozoğiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligiga rasmiy insonparvarlik yordamini oluvçini aniqlaş va uni körsatiş böyiça çora-tadbirlarni muvofiqlaştirişni ta'minlaş vazifasi yuklandi. Qirğiziston Respublikasiga gumanitar yuklarni yetib beriş uçun sostavlarni öz vaqtida taqdim etiş Qozoğiston Respublikasi Investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi tomonidan ta'minlanadi», - deya körsatilgan qarorda.

Öz navbatida, Qozoğiston Respublikasi Mudofaa hamda kosmik sanoat, moliya, investitsiyalar va taraqqiyot vazirliklariga uşbu qarordan kelib çiquvçi çoralarni köriş vazifasi yuklandi.