AQŞning raketalarga qarşi mudofaa tizimi bugungi kunda nafaqat raketa uçirilganini aniqlay oladi, balki Rossiya ballistik raketalarini urib tuşiriş imkoniyatiga ega. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi vakili Aleksandr Yemelyanov BMT Boş Assambleyasi birinçi qömitasi doirasida taşkil etilgan RQM böyiça Rossiya-Xitoy brifingida ma'lum qildi.
“Amerika RQM tizimining axborot-razvedka vositalari hozirdanoq nafaqat Rossiya ballistik raketalari uçirilgani aniqlab, ularni parvozi çoğida kuzatadi, balki ballistik raketalarning jangovar bloklarini urib tuşiriş uçun RQM öt oçiş töplamlariga nişonni belgilab beradi”, - degan Yemelyanov.
U RF raketalarini Amerika raketalari urib tuşirişiga doir farazlarni ham taqdim qilgan.
Yemelyanovning qöşimça qilişiça, AQŞ Yevropadagi RQM tizimi universal qurilmalarini qanotli raketalar bilan yaşirinça jihozlaşi mumkin. Bu holatda Amerika qanotli raketalari Rossiyaning Yevropa qismini töliq nişonga olişi mumkin böladi.

















