2018 yili Rossiyada bölib ötadigan jahon çempionatida iştirok etişi aniq bölgan 22 terma jamoa nomi ma'lum. Yana 10 terma jamoa nomi pley-off öyinlaridan keyin aniqlanadi. Quyida mundialga kelmasligi aniq bölgan 4 terma jamoa haqida mulohaza yuritiladi.
Niderlandiya

Nega kutgandik:
Avvalambor, katta nom. JÇ-2014da niderlandiyaliklar uçinçi örinni qölga kiritişgandi. Öşandan buyon saralaş bahslarida öta muvaffaqiyatsiz iştirok etişmoqda. Ular Yevro-2016 saralaşida hatto kuçli 24talikka kira olişmadi, bu safar esa, ötsa böladigan guruhda Fransiya va Şvetsiyani oldinga ötkazib yubordilar.
Rossiyada yorqin öyin körsatişi mumkin edi:

Aren Robben. «Bavariya» superyulduzi uçun bu musobaqa faoliyatidagi sönggi yirik turnir bölişi mumkin edi, zero saralaş öyinlari tugagaç, u terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini ma'lum qildi. Va albatta, Rossiya milliy çempionati eng yaxşi futbolçisi Kuinsi Promesning rus diyorida terma jamoasi safida harakat qilişi mahalliy muxlislar uçun qiziq bölişi şubhasiz edi.
Nega saralaş öyinlarida muvaffaqiyatsizlikka uçraşdi:
Ikki marta Fransiyaga va bir marta Bolgariyaga imkoniyatni boy berişdi. Murabbiy almaşişi ham foyda bermadi – yoş Danni Blind atigi yetti tur ötişi bilan iste'foga çiqarildi. Uning örniga 2017 yilning may oyida kelgan Dik Advokat tajribali bölsa-da, ança yoşi ötib qolgan murabbiy, jamoadagi ijobiy özgarişlarni amalga oşira olmadi.
Ukraina

Nega kutgandik:
Balkim aynan futbol tufayli, bir-biriga duşman bölib qolgan ikki xalq örtasida iliqliq paydo qiliş mumkin edi. Muxlislar esa, turnir davomida bir-birlari bilan uçraşar va qarşi taraf u qadar yovuz odamlar emasligiga amin bölişlari mumkin edi.
Rossiyada yorqin öyin körsatişi mumkin edi:

















