Şvetsiyaning janubidagi Trelleborg şahri markazida sodir etilgan otişmadan keyin 4 kişi öqotar jarohatlar bilan şifoxonaga yetkazilganlar. Şu sababli politsiya bir neça gumonlanuvçini ta'qib qilayotgani va ehtimol bu bir kişi bölişi mumkinligi aytilgan.
Tez yordam maşinalari jabrlanuvçilarni Malmyo va Lund şaharlari şifoxonalariga yetkazganlar. Bu haqda Trelleborg politsiyasi vakillari ma'lum qilişdi.
Ta'kidlanişiça, otişma haqidagi xabar 12 oktabr mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda kelib tuşgan.
Barça jabrlanuvçilar erkaklar bölib, hozirça ularning ahvoli haqida heç narsa ma'lum qilinmagan. Huquq-tartibot idoralari voqea joyini ekspertiza ötkaziş uçun örab olişgan.












