Içki işlar vazirining buyruği (2017 yil 28 sentabr) bilan Muomalada bölgan röyxatga olinmagan öqotar qurol va uning öq-dorilarini, portlovçi modda va portlatiş qurilmalarini içki işlar organlari ixtiyoriga topşiriş qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Mazkur Qoidalar Özbekiston fuqarolari, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan muomalada bölgan röyxatga olinmagan (ya'ni noqonuniy muomalada bölgan) öqotar qurolni, uning öq-dorilarini, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini içki işlar organlariga öz ixtiyori bilan topşiriş tartibini belgilaydi.
 
Jinoyat kodeksining 248-moddasiga muvofiq öqotar qurolni, öq-dorilarni, portlovçi moddalar va portlatiş qurilmalarini (keyingi örinlarda - qurol) öz ixtiyori bilan topşirgan şaxs qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilinadi.
 
Şaxsning özi qurolni topşiriş haqida içki işlar organlariga murojaat qilsa, u qurolni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanadi. Agar şaxs tintuv jarayonida yoki unda qurol borligi haqida dalillar keltirilişi natijasida uni topşiriş töğrisidagi qarorga kelsa, u qurolni öz ixtiyori bilan topşirgan hisoblanmaydi. Demak, bunday şaxs javobgarlikka tortiladi.
 
Qurolni öz ixtiyori bilan topşirişga istak bildirgan şaxs qurol saqlanayotgan joy böyiça hududiy içki işlar organiga yoki profilaktika inspektoriga oğzaki yoki yozma ariza (Qoidalarda keltirilgan şakl böyiça) bilan murojaat qiladi.
 
Hujjatda qurolning içki işlar organlari tomonidan qabul qilib olinişi tartibi batafsil bayon etilgan.
 
Öz ixtiyori bilan qurol topşirilgan har bir holat yuzasidan içki işlar organlari tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 329-330-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekşiruv ötkaziladi.
 
Hujjat 2017 yil 30 dekabrdan kuçga kiradi.