Rossiyaning X5 Retail Group çakana savdo firmasi "ekspress" şaklidagi dökonlari tarmoğini sotişni rejalaştirmoqda. Kompaniya saytida şu haqda ma'lum qilingan. 

"X5 3 ta asosiy savdo şakllari - "Pyateroçka" universamlari, "Perekrestok" supermarketlari va "Karusel" gipermarketlariga e'tibor qaratişga qaror qildi. Moskvada joylaşgan hamda kiçik maydonlarga joylaştirilgan birmunça "qulay" hisoblanuvçi "Perekrestok-Ekspress" dökonlari sotuvga qöyiladi", - deyiladi xabarda. 

Avvalroq, X5 Retail Group 2017 yil 9 oyiga doir amaliy natijalarini e'lon qilgan edi. Unda aynan "Ekspress" daromadi kamligi közga taşlanadi. Uşbu dökonlar tarmoğining yanvar-sentabr oylaridagi tuşumi ötgan yilning şu davriga nisbatan 11 foizga pasyib, 7,3 mlrd rublni taşkil etgan. 

X5 Retail Group – Rossiyaning yetakçi oziq-ovqat çakana savdo kompaniyasi hisoblanadi. Umuman, guruh 2017 yil 30 sentabr holatiga köra, 11 ming 326 ta turli kattalikdagi dökonlarga ega.