Köpçilikka ma'lumki, bir ma'noda mobil telefonimizga tobemiz, biroq baribir ulardan foydalanişga majburmiz. Şuning uçun köp sonli mobil ilovalarga qimmatbaho vaqtimizni öğirlaşga yöl qöymasligimiz kerak. "Layfxaker" bu borada yordam berişi mumkin bölgan ba'zi tavsiyalari bilan bölişdi.
1. Avtomobilda telefondan foydalanişni bas qiling
Smartfonni maşina ğaladoniga (bardaçok) soling yoki uni maxsus rejimga ötkazing. Android va iOS qurilmalarida şunday ilovalar mavjud. Muqobil sifatida Android boşqaruvidagi telefonlarga Drivemode ilovasini yuklab olişingiz mumkin. U telefon ekraniga qaramay, bor diqqatni yölga qaratiş imkonini beradi. Şuningdek, dastur musiqiy pleyer va xabarga ovoz bilan javob beriş imkoni kabi köplab turli funksiyalarga ega.
2. Televizor körayotganingizda yoki mutolaa qilayotganingizda telefonni yaşirib qöying
Faol holatingizda smartfonni yoningizda saqlang. Biroq uyga borişingiz bilan mobil qurilmani uzoqroqqa olib qöying. Uni zaryadlaşga qöying va xuddi uy telefonidek munosabatda bölişni örganing. Undagi xabarlarni qança kam tekşirsangiz, soatlab ijtimoiy tarmoqlarga şönğib ketiş imkoni şunça kam böladi.
Örningizdan turib, xabarni öqişga töğri kelgan bölsa ham, qurilmani yotgan joyidan qözğatmang. Uni çöntagingizga solmang.
3. Xabarlarni öçirib qöying
Bu ayniqsa şoşilinç javob talab qilmaydigan xabarlarga taalluqli. Qönğiroqlar va SMS-xabarlarni yoqiğliq qoldiriş mumkin. Biroq Facebook, Twitter va boşqa ijtimoiy tarmoqlar bilan boğliq funksiyalarni dadil öçirib qöying. Poçtani ham xuddi şunday.
Yangi ilova yuklangandan keyin undagi xabarlarni darhol öçiring. Unga qaytadan kirsangiz kiribsiz, şunda u qayerdagi eslatmalari bilan diqqatingizni buzmaydi.
4. Qurilmadan foydalaniş vaqtini çegaralang
Smartfonni qölga olişingiz bilan, birinçi navbatda, biror foydali iş bilan şuğullaniş vaqti kelganini eslatib turuvçi taymerni örnating. Android-smartfonlarda bu - QualityTime ilovasi.
Taymer işga tuşişi bilan imkon qadar telefonni töliq öçirib qöying. Bu çora keskindek tuyulişi mumkin, biroq heç bölmaganda, bir marta şunday qilib köring va bundan nima çiqişini köring.












