Amerikaning General Motors konserni zararlari örnini töldiradi va bozordagi qaçonlardir Tesla kompaniyasiga boy bergan uluşini qaytarib oladi. Wall Street tahlilçilarining sözlariga köra, GM sarmoyadorlarga özining yuqori texnologiyali avtomobillar davrida «ölayotgan dinozavr» emasligini isbotlaydi. 

13 oktabr kuni Barclays GM aksiyalari reytingini «neytral»dan «bozordan yuqori» darajasigaça oşirdi. Tahlilçilarga köra, investitsiyalar kompaniyaga elektromobillar va muqobil avtomobillar bozoridagi şuhratini qaytarib oladi. 

«Tesla işlab çiqariş muammolariga duç kelayotgan bir vaqtda GM elektrlaştiriş va muqobil texnologiyalar borasida sezilarli taraqqiyotga erişdi. Biz avtomobilsozlik sohasi va taşqaridagi sarmoyadorlar GM kompaniyasiga bozordagi örnini qaytarib olişga yordam berişiga va şu bilan Tesla kapitallaşuvi pasayişiga sabab bölişini kutmoqdamiz», — degan Barclays tahlilçisi Brayan Jonson. 

U GM aksiyalari narxisi 41 dollardan 55 dollarga oşirgan. «Agar Tesla elektrokarlar uçun batareyalar arzonligi bois yetakçilikni saqlab qolişning uddasidan çiqqan taqdirda ham, alaloqibat an'anaviy avtoişlab çiqaruvçilar, ularning qamrovi va işlab çiqarişdagi tajribasi e'tiborga olinsa, ustunlikka ega bölişadi», — deb qöşimça qilgan Jonson. 

Bundan taşqari, bir oylar avval Germaniyaning Deutsche Bank moliyaviy muassasasi Tesla emas, aynan General Motors kelajak muqqobil avtomobil transport vositalari uçun eng yaxşi sarmoya kiritiş bölişini ta'kidlagan edi.