Kiyev Jahon savdo taşkilotiga Moskvaning Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari va gulqoğozlar importiga taqiqlovi yuzasidan arz qildi. Bu Kiyevning Rossiya ustidan JSTga uçinçi arzi hisoblanadi.
"Ukraina Rossiyaning JST doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarişdan boş tortişini istisno qiliş maqsadida barça imkoniyatlardan foydalanişda davom etmoqda", deb aytilgan Ukraina iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligida.
Vazirlik ma'lumotlariga köra, Rossiya 2013-2015 yillarda Ukrainada işlab çiqarilgan şarbatlar, qandolatçilik mahsulotlar va gulqoğozlar importiga bir qator çeklov kiritgan. Uşbu çeklovlar Rospotrebnadzor qarorlariga asoslangan, biroq Ukraina ularni Rossiyaning JST oldidagi majburiyatlariga mos kelmaydi, deb ta'kidlamoqda.
JSTda Ukrainaning Rossiya ustidan topşirgan yana ikkita arzi bor: birinçisi Rossiyaga Ukraina vagonlari importi bilan, ikkinçisi Ukraina tovarlarining Rossiya hududi böylab taşilişiga taqiqlov bilan boğliq.
Moskva, öz navbatida, JSTga Kiyev tomondan Rossiya tovarlari va xizmatlariga nisbatan muntazam taqiqlov kiritilişi böyiça şikoyat yöllagan.












