Xiva şahridagi «Içan-qal'a» muzey qöriqxonasi hududidagi «Pahlavon Mahmud» majmuasida ta'mirlaş-tiklaş işlari amalga oşirilmoqda, deb xabar berdi ÖzA.

Prezident mazkur majmuada olib borilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida uşbu hududda böldi. Qur'on tilovat qilindi. 

Ilgari bu joylar taşlandiq maskanga aylanib qolgan edi. Bu yerlar insonga ruhiy quvvat beradi. Buni kelayotgan ziyoratçilarning köpligidan ham bilsa böladi, dedi prezident. 

Mazkur majmuaga kuniga örtaça 400 ga yaqin ziyoratçi keladi. Ta'mirlaş va quriliş işlarini joriy yil oxirida yakuniga yetkaziş közda tutilgan. 

Ta'mirlaşda barça jihatlar e'tiborga olingan. Havo haroratining mö'tadilligini ta'minlovçi zamonaviy tizimlar örnatilgan. 

Prezident bu yerda ziyoratçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş böyiça körsatmalar berdi.

Davlat rahbari Şerğozixon madrasasini közdan keçirdi. Bu maskanda ta'lim olgan allomalar şarafiga taşkil qilingan muzey faoliyati bilan tanişdi.