"Tutu.ru" sayohatlar servisi Rossiyada Xalqlar birdamligi kuniga (4 noyabr) rasmiylaştirilgan barça aviaçiptalarni tahlil qildi va eng maşhur yönalişlar reytingini tuzdi. 

Joriy yilda yölovçilarning xorijiy yönalişlar böyiça  tanlovi Özbekiston, Isroil, Germaniya, Moldova va Armanistonga tuşmoqda. Ta'kidlaş joizki, bu yil Özbekiston va Armanistonga bölgan qiziqiş oşgan: Tutu.ru'da bu ikki yönaliş böyiça rasmiylaştirilgan çiptalar uluşi ötgan yilga nisbatan kamida uç barobarga oşgan. Moldovaga rasmiylaştirilgan çiptalar uluşi deyarli ikki barobarga oşdi. 

Ötgan yili noyabr oyidagi bayramlar uçun eng maşhur mamlakatlar beşligi boşqaça köriniş olgandi: Isroil, Çexiya, Germaniya, Italiya va Qozoğiston. Bu yili top-5'da Yevropa mamlakatlaridan faqat Germaniyagina qolgan.