Sud tibbiyot kollejining urib öldirilgan talabasi haqida hali hukm öqib bölmasdanoq, yuridik kollejda ham fojia röy berdi. Yana boş qahramonlar va aybdorlar — ösmirlar. Bolalarning bu qadar berahm ekanligiga asosiy sabab nimada?

Sönggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda sönggi fojia faol muhokama etilmoqda. Har kim öziça hukm çiqarmoqda: kimdir kollej rahbariyatini ayblasa, boşqalar — ota-onalarni, uçinçi tomon — javobgarlik hissi yöqligini va hokazo. Ayblaşga aslo şoşmaslik kerak. Keling, şaxsan özim guvoh bölgan bir neça hayotiy voqealarga e'tibor qarataylik.

...Ertalabki soat sakkiz. Poytaxt maktabi. Bolakaylar öqişga şoşilişmoqda. Kiçik yoşdagi öqituvçilarni yaqinlari qöllaridan uşlab boşlab borişmoqda, katta yoşlilari özlari mustaqil yölga tuşişgan. Sakkiz yoşlardagi bolakay, qölini tutib borayotgan oyisidan nimadir söramoqçi, lekin ona telefonda sözlaşib bormoqda. Oyisining e'tiborini yana bir marta jalb qilişga uringan çoğda boşiga şapaloq kelib tuşdi. Bola hiqillab qoldi. Bunga javoban esa yomon sözlar bilan yöğrilgan koyiş eşitdi. Bola endi indamasdan keta boşladi. Bu daqiqalarda bolaning könglida nimalar yuz berganini tasavvur etiş qiyin. Şu kunning özidayoq sinfda janjal yuz berdi. Voqeag aybdori — «qahramon»imiz. Özining ranju alamini u özidan köra kuçsizroq sinfdoşidan çiqarib oldi. Sinf rahbari va ota-onalarning bu mavzudagi suhbati oxiriga yetmay qoldi. Vaziyatga çuqurlaşmasdan har ikki tomon boş aybdor — öqituvçi, degan töxtamga kelişdi.

Boşqa holat. Çoşgoh. Yuqori sinf öquvçisi maktabdan çiqib ketmoqçi. Maktab qöriqçisi undan kundaligini körsatişni talab qilib, faqat darslari tugagan bölsagina maktabdan qöyib yuborişini aytadi. Biroq öquvçi kundaligini körsatişdan boş tortadi. Boz ustiga, qöriqçiga baqirib, hozir otasini çaqirişi bilan pöpisa qildi.

Uçinçi holatda guvoh bölganmizki, onalar bolalari mustaqil bölib qolişgani va 7–8 yoşida uyda bir özlari bemalol qolişlarini maqtanişadi. Asosiysi — ularga kompyuter va telefon olib berilsa bas. Boşqa holatda oltinçi sinfda öquvçi qiz dugonalariga darslarni köçirişga berib turişi uçun a'loçi sinfdoşini qörqitiş kerakligini uqtiradi. Öquv dargohlaridan, qöşnilar va boşqa joylardan kelayotgan signallarga ota-onalar köpinça bee'tibor bölişadi va farzandlariga öz oldlarida paydo bölayotgan muammolarni mustaqil hal qilişga qöyib berişadi, bu esa birinçi navbatda bolalarda berahmlik, şafqatsizlikni paydo qiladi. Barça narsaning ildizi şunda emasmi? Biz uşbu savollar bilan uzoq yillar tarbiyasi oğir ösmirlar bilan işlagan psixolog Valeriya Melkonyanga murojaat qildik.

— Bola xarakterining şakllanişida muhit ham, şafqatsizlik va tajovuzkorlikni tarğib etuvçi ayrim telekörsatuvlar, internet va kompyuter öyinlari ham katta rol öynaydi. Bu holatda tarbiya jarayonida ota-onalarning roli yo vaqti kamligi, yoki qndaydir muammoni hal qiliş istagi yöqligidan juda pasaytirib yuborilgan. Köpinça ba'zi bir ota-onalarda tarbiya jarayoni şapaloq va baqiriş bilangina çeklanadi. Sönggi vaqtlarda öz holiga taşlab qöyilgan bolalarni köp uçratmoqdamiz. Tabiiyki, bularning barçasi bolaning emotsional holatiga öz ta'sirini ötkazmasdan qolmaydi. Bolalar özlarini yiğilib qolgan salbiy hissiyotlarini çiqariş uçun manba axtara boşlaşadi va qahrini köpinça özlaridan ojizroq bolalarga tökib solişadi.