Tesla kompaniyasi boşqa işlab çiqaruvçilar singari konveyerdan çiqqan avtomobillarni dam-badam çaqirib oladi — seriyali avtomobillarda gohida tuzatilişi lozim bölgan, e'tiborsiz qoldirilsa haydovçi va yölovçilarning xavfsizligiga daxl qiluvçi nuqsonlar topiladi. Yaqinda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi X modelidagi 11 ming avtomobilni qayta çaqirib olişga majbur böldi, deb yozadi Hi-news.ru.
Kompaniya vakillarining sözlariga köra, ikki qator örindiqlaridagi mavjud nuqson tufayli şu qarorga kelingan. Garçi işlab çiqarilgan avtomobillarning bor-yöği 3 foizi şunday nuqson bilan çiqarilgan bölsa-da, ularning barçasi servis xizmati körsatilişi va nuqsonni tuzatiş uçun çaqirilmoqda.
Nuqson tösatdan aniqlangan. Tesla X avtomobilining odatdagidek oraliq sinaş işlari mobaynida ikki qator örindiqlarining elektr simlari kabellari yaxşi qotirilmagani va töqnaşuv çoğida orqa örindiq çap tomonidan buklanişi va haydovçining örindiğiga borib urilişi ma'lum bölgan. Bu muammo yuzasidan Tesla’ga şikoyat kelib tuşmagan, lekin sotilgan maşina egalaridan sudga şikoyatlar tuşişidan avval özlari nuqsonni töğrilab qöyişga qaror qilişdi.
Tesla tomonidan e'lon qilingan bayonotda muammoni tuzatiş uçun servis markazi yoki mutaxassisni uyga çaqirişning özi yetarli — kabellarni sozlaş bor yöği ikki daqiqa vaqtni oladi va işlab çiqaruvçi kompaniya hisobidan bajariladi. Örindiq sozlanmagunga qadar Tesla u yerga yölovçilarni ötkazmaslikni maslahat beradi.












