«Batkivşina» fraksiyasi rahbari Yuliya Timoşenko Ukrainada bölib ötadigan prezidentlik saylovida iştirok etmoqçi. U bu haqda Ukrainaning NewsOne telekanali efirida ma'lum qildi. Uning fikriça, «haqiqiy demokratik partiyalar bir-biri bilan hamkorlik qilişi kerak».

«Men endi öz ovozim, jamoamning ovozi, menga işonadigan odamlarning ovozini boşqa heç kimga işonib topşirmayman. Men aniq aytişim mumkin: prezidentlikka nomzod bölaman. Biz mamlakatni oyoqqa turğaziş uçun ğalaba qozonamiz. Men endi bu işni heç kimga işonmayman», - dedi Timoşenko xonim. Uning sözlariga köra, Ukraina sobiq prezidenti va boş vaziri Viktor Yuşçenko hamda Arseniy Yatsenyukning qöllab-quvvatlanişi «heç narsaga olib kelmagan». 

Eslatib ötamiz, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2019 yilning 31 mart kuni bölib ötişi kerak.