Eron hukumati Iroq Kurdistoni bilan çegaralarni yopadi. Bu haqda «Al-Mayadin» telekanalida xabar qilingan.

Hukumatning uşbu qarori sabablari aniq keltirilmagan.

Eslatib ötamiz, 25 sentabr kuni Iroq Kurdistonida Mustaqillik referendumi ötkazilgan. Ovoz berişlar natijalariga köra, unda qatnaşganlarning (saylovçilar umumiy soni 5 million nafardan ortiq, davomat 77 foiz) 93 foizi mustaqillikni yoqladi.

Rasmiy Bağdod esa referendumni qonuniy deb tan olmadi.

Keyinroq Iroq hukumati va kurdlar muxtoriyatga qöllangan ayrim sanksiyalarni bekor qilişga kelişişdi. 9 oktabr kuni Iroq Kurdistoni rahbari Masud Barzoniy sanksiyalar yeçilişi evaziga referendum natijalarini muzlatişga rozi bölgani xabar qilindi.