«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatida safar uçraşuvlarida gol ura olmayapti. 16 sentabr kuni argentinalik futbolçi «Xetafe»ga (2:1), 23 sentabr kuni — «Jirona»ga qarşi keçgan (3:0) safra öyinlarida gol ura olmagandi. U 14 oktabr kuni Madridda «Atletiko»ga qarşi keçgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan öyinda ham maydonni golsiz tark etdi.
Messi bunday noxuş seriyani bir yil oldin qayd etgandi. U 2016 yil 30 aprelida «Betis» darvozasini işğol eta olmagandi (2:0). U şuningdek, 14 may kuni «Granada»ga (3:0), 28 avgust kuni — «Atletik»ka qarşi öyinlarda (1:0) gol urmagan.
28 oktabr kuni «Barselona» Primeraning 10-turida «Atletik»ka qarşi öynaydi.












