KUN.UZ sayti jurnalistlari tomonidan mamlakatimiz va jahonda röy bergan eng muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalar tahliliga bağişlangan körsatuv e’tiboringizga havola etib borilmoqda. «7 KUN» loyihasining navbatdagi soni ham an’anaviy tarzda jurnalistlar Xurşid Daliyev va Alişer Rözioxunov tomonidan olib borilgan.

Haftaning eng muhim yangiliklaridan biri — Rossiyaning Soçi şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlat rahbarlarining sammiti bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va nutq sözladi.

BMTning Inson huquqlari böyiça kengaşi din va e’tiqod erkinligi masalasi böyiça maxsus ma’ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekistonda din va e’tiqod erkinligi borasidagi hozirgi vaziyat haqidagi fikrlarini bildirdi. Şuningdek u Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

Körsatuvda muhokama etilgan qolgan mavzular quyidagilardan iborat:

  • Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça yiğiliş ötkazdi
  • Qöşimça kontrakt asosida oliy öquv yurtlariga öqişga qabul qilingan öquvçilar  uçun öqiş qaçon boşlanişi rasman e’lon qilindi
  • Ravon Rossiya avtobozorida 445 foizlik ösişni qayd etdi
  • Oltinköl tumanidagi hovlilardan birida közaga joylab kömilgan 4500 donadan ziyod mis tangalar xazinasi topildi.
  • Şavkat Mirziyoyev test sinovlari tizimi eskirganini aytdi
  • Hafta içida Özbekistonda Tojikiston madaniyat kunlari va qöşni davlat sanoat mahsulotlarining Özbekistondagi birinçi körgazmasi bölib ötdi
  • Özbekiston va Qirğiziston Kosonsoy suv omboridan davlatlararo foydalanişga kelişib oldi
  • Xalqaro valuta jamğarmasi 2018 yilda Özbekiston sömi 12,7 foizlik inflatsiyaga uçraşi mumkinligini prognoz qilmoqda

 

  • Özbekistonda işsizlar jamoat işlariga jalb etilib, ularga maoş tayinlanişi HAFTA YaNGILIGI sifatida qayd etildi

Dasturda odatdagidek, «Hafta iqtibosi», «Hafta qahramoni», «Hafta antiqahramoni», «Hafta topilmasi» nominatsiyalari böyiça fikr yuritilgan. Körsatuv söngida har doimgidek, qisqaça futbol xabarlariga örin ajratilgan.

«7 KUN» teleloyihasini Youtube videoportalidagi kanalimiz orqali tomoşa qilişingiz mumkin.