Afğoniston poytaxtida huquq-tartibot idoralari tomonidan yirik teraktning oldi olindi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi politsiyaga asosan.

Kobul jinoiy politsiyasi boşliği Muhammad Salim Olmosning jurnalistlarga bergan ma'lumotiga köra, politsiya yuk maşinasini töxtatgan, u yerdan esa 2,7 ming kg. portlovçi modda topilgan.

Khaama Press agentligiga köra, voqea şanba kuni keçqurun sodir bölgan. Politsiyaçilar nazorat punktida avtomaşinani töxtatiş buyruğiga böysunmagan jangariga qarata öt oçişgan. Terrorçi öq bilan jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralarining taxminiça, terakt «Tolibon» harakatiga aloqador bölgan «Haqqoniy» terrorçilik guruhi tomonidan rejalaştirilgan. Xabar qilinişiça, maşina Kobulning aholi eng ziç tumanida portlatilişi kerak bölgan.