Rossiyalik iste'dodli akyotr Dmitriy Maryanov 47 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqida TASS aktyorning vakili Alevtina Kungurova bergan ma'lumotga asoslanib xabar berdi. 

"Dmitriy tösatdan vafot etdi", - deydi u.

Kungurova voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmadi, "ular tibbiy xulosadan keyin ma'lum qilinişi, hozirça noaniq" ekanini ta'kidladi. 

Aktyor bilan xayrlaşuv sanasi va vaqti hozirça noma'lum. 

Dmitriy Maryanov tomoşabinlarga "Grafinya de Monsoro", "Radio kuni", "Jangçi", "Otalar" va boşqa filmlardagi rollari orqali tanilgan.

Umumiy hisobda, aktyorning filmografiyasida 70 dan ortiq roli qayd etilgan.

Bundan taşqari, Maryanov "Lenkom" va "Mossovet" teatrlari sahnalarida ham ajoyib rollar ijro etgan.

Şuningdek, Dmitriy Maryanov turli yillarda "Katastrofy nedeli" (TV-6), "Oçevidets. Samoye şokiruyuşçeye" (ReN TV) va  "InoStrannaya kuxnya" ("Domaşniy") körsatuvlarining boşlovçisi bölgan. 

Maryanov psixolog Kseniya Bik bilan turmuş qurgan. Juftlikning Anfisa ismli bir qiz farzandi bor. Birinçi turmuşidan Daniil ismli öğli ham bor.