Har yili kuz mavsumida AQŞ Davlat departamenti tomonidan e'lon qilinadigan «Grin kard» anketasini töldiriş muddati özgartirildi. Bu haqdagi ilk rasmiy ma'lumotni AQŞning Ekvadordagi konsullik idorasi xabar berdi.
Unda aytilişiça, joriy yilda Green Card lotereyasini ötkazilişiga oid sanalarda özgariş yuz berib, anketalarni 18 oktabrdan boşlab töldiriş mumkin. Şu paytgaça töldirilgan barça anketalar ham qaytadan kiritilişi şart, aks holda ularning haqiqiyligi tasdiqlanmaydi.
Xabarda aytilişiça, anketalarni töldirişning sönggi muddati 22 noyabr kuni yakuniga yetadi. Şuningdek, mazkur idora bergan ma'lumotga köra, Green Card 2019 natijalari 2018 yil 15 maydan söng e'lon qilinadi.
Hozirça bu haqda Davlat departamentining rasmiy sahifasida heç nima deyilmagan. AQŞning Özbekistondagi elçixonasi ham mazkur masalaga rasmiy izoh bermagan.












