Xalqaro hamjamiyat uruşdan keyin Suriyaga qanday yordam beriş haqida öylaşni boşlaşi lozim, deya ma'lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda Parlamentlararo ittifoq assambleyasida nutq sözlab.
«Mening fikrimça, xalqaro hamjamiyatga davlatning uruşdan keyingi tiklanişi haqida öylab köriş vaqti keldi. Mintaqaning bu va boşqa mamlakatlariga yordamni qanday şaklda, hajmda körsatiş, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qanday qilib samaraliroq kömak körsatiş, davlat institutlarini mustahkamlaş haqida fikrlaş vaqti keldi», - deya uning sözlarini keltiradi «Interfaks».
Putinning sözlariga köra, parlament va parlamentlararo darajalarda bunday vazifalar muhokama qilişga munosibdir.
Şuningdek, Putinning ma'lum qilişiça, terrorizmga qarşi kuraş faqatgina birgalikda va yaşirin maqsadlar hamda radikallardan foydalanmagan holda amalga oşirilişi lozim.
«Biz terrorizmga qarşi ikkilamçi standartlarsiz, yaşirin maqsadlarsiz, radikallardan foydalanmagan holda va, albatta, faqatgina sa'y-harakatlarni birlaştirib kuraş olib boriş kerakligiga işonç hosil qilganmiz», - deya ma'lum qildi u.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya bir neça marotaba uşbu maqsadda keng xalqaro koalitsiya yaratişga çaqirgan va terror bilan kuraşda hamkorlikni yölga qöyiş muhim, deb hisoblaydi.











