"Nyukasl" xöjayini Mayk Eşli klubni savdoga qöyişga qaror qildi.

"Klub öz oldiga qöyilgan vazifalarni bajarilişini ta'minlaydigan, maqsadga intiluvçan va zarur investitsiyalarni amalga oşirişga tayyor bölgan yangi xöjayinni izlamoqda" - deyiladi "hakkalar" rasmiy saytiga joylaştirilgan bayonotda.

Daily Mirror xabariga köra, Eşli klubni 380 million funtga sotib yuborişga tayyor. Vaholanki, 2007 yilda uni 134 million funtga xarid qilgan edi.

Ayni paytda "Nyukasl"ni sotib olişga britaniyaning yirik reseller kompaniyasi Sports Direct qiziqiş bildirgan.