Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasi tomonidan ötkazilgan xatlovlar Çinoz tumani hududida avval xususiylaştirilgan hamda bugungi kunda böş turgan 41 ta obektlar mavjudligini körsatdi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur obektlarning jami quriliş maydoni 52,3 ming kv.m.ni, egallagan yer maydonlari 48,2 gektarni taşkil etadi. Uşbu obektlar qatoriga sobiq «Keramzit şağal korxonasi», «Mebel fabrikasi» va «Çinoz boş pillaxonasi» kabi yirik işlab çiqariş majmualari ham kiritilgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796 sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining, viloyatlar hamda Toşkent şahri hokimlarining birinçi örinbosarlari boşçiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan.
Uşbu komissiyalarga avval xususiylaştirilgan korxona va obektlarning qaytadan töla quvvatda va samarali işlaşini ta'minlaş vazifasi yuklatilib, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oşirişida amaliy yordam beriş böyiça köplab vakolatlar berilgan.

Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş Davlat qömitasining ma'lum qilişiça, hozirda Çinoz tumanidagi böş obektlardan 30 tasi negizida mulkdorlar tomonidan yangi işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlarini işga tuşiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş taklifi berilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796 sonli qaroriga muvofiq, qurilişi tugallanmagan obektlar va böş turgan işlab çiqariş maydonlaridan samarali foydalanişni ta'minlamagan mulkdorlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan ta'sirçan soliq mexanizmlarini qöllaş belgilangan.












